- 2025-06-17
- 6183
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida hujjatlar aylanishini raqamlashtirish va “Qog‘ozsiz ish yuritish tamoyili”ni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF–76-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son buyrug‘i ijrosi doirasida tashkil etilgan. Ushbu buyruqqa asosan, O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 2025-yil 11-yanvarda 5-ij-sonli buyruq qabul qilinib, institut ish faoliyatida elektron hujjat aylanish tizimi — edo.ijro.uz to‘liq joriy etildi.
Bugungi kunda institutda barcha rasmiy hujjatlar (buyruq, topshiriq, xizmat xatlari, kiruvchi va chiquvchi hujjatlar) edo.ijro.uz tizimi orqali elektron shaklda yuritilmoqda. Mazkur tizim hujjatlarni tayyorlash, yuborish, tasdiqlash, ijrosini nazorat qilish va monitoring qilish imkonini beradi. Shuningdek, ish jarayonlarining samaradorligini oshirishga, vaqt va resurslarni tejashga, qog‘oz sarfini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
Institut bo‘limlari va mas’ul xodimlarni tizimga integratsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirda 10 ta elektron raqamli imzo (USB token) berilgan, 19 nafar bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar One tizimi orqali edo.ijro.uz platformasiga biriktirilgan.
Mazkur seminar tashkil etilishining asosiy maqsadi — institut xodimlarining edo.ijro.uz tizimidan to‘g‘ri va samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, hujjatlar tayyorlash va ijrosini nazorat qilish jarayonlari bo‘yicha to‘liq tushuncha berishdan iborat.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati