- 2025-06-23
- 2198
Zayniddin To‘xtamishov “Vazir Kubogi” musobaqasining final bosqichi sovrindori bo‘ldi

Joriy yilning 19–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida Oliy taʼlim muassasalari sportchilari oʻrtasida “Vazir Kubogi” musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti talabasi Zayniddin To‘xtamishov 81 kg vazn toifasida ishtirok etib, 🥈kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🤼♂️ Kurashchimiz Zayniddin To‘xtamishov hamda uning ustoz va murabbiylarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati