- 2025-07-31
- 7008
Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/31.10.2024.Ped.187.01 raqamli ilmiy kengash qoshida navbatdagi ilmiy seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirga institut rektori, professor Shahzoda Negmatova raislik qildi.
Seminar davomida ikki nafar tadqiqotchining dissertatsiya mavzusi yuzasidan taqdimotlari tinglandi. Janonova Sitora Berdinazarovna “Ta’lim va tarbiya integratsiyasida shaxs kommunikativ kompetensiyasini oshirish zarurati” mavzusida, Kutlimuratova Nargiza Rustamovna esa “Husayn Voiz Koshifiyning pedagogik g‘oyalari asosida talabalarda ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish metodikasi” mavzusida ilmiy chiqish qildi.
Seminar jarayoni savol-javoblar, takliflar va chuqur ilmiy tahlillar bilan boyidi. Seminar a'zolari dissertatsiya ishlarini tanqidiy tahlil etib, mavjud kamchiliklar yuzasidan zarur tavsiya va mulohazalarni bildirdilar.