• Вход

Institutimiz talabalari Seul Milliy universiteti loyihalarida faol ishtirok etdi

  • 2024-02-10
  • 1494
Institutimiz talabalari Seul Milliy universiteti loyihalarida faol ishtirok etdi
Institutimiz talabalari Seul Milliy universiteti loyihalarida faol ishtirok etdi

     O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti filologiya fakulteti talabalari Durdona Ergasheva, Ozoda Ramazonova va Sevara Hasanovalar  Seul Milliy Universiteti (SNU) tomonidan Samarqand shahrida tashkil etilgan "2023 Winter SNU corps in Uzbekistan" loyihasida munosib ishtirok etib, SNU ning xalqaro darajadagi sertifikati bilan taqdirlandi. 

     Shuningdek, institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Mahmud Jumayev, bo'lim xodimi Mehroj Ismoilovlar ushbu loyihada talabalarimizning munosib ishtirok etishi uchun ularni qoʻllab-quvvatladilar. 

     Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, ushbu universitet dunyo universitetlari reytingida TOP-100 talikning 41-pog'onasida, Osiyoda esa birinchi o'rinda turadi.

 

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post