- 2025-10-17
- 5707
Imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Samarqand davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi tashabbusi bilan Samarqand tumanidagi imkoniyati cheklangan shaxslarga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida “Sport haftaligi” doirasida shashka, shaxmat va futbol musobaqalari o‘tkazildi.
Ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, shaxmat va shashkada strategik fikrlash, futbol bellashuvlarida esa jamoaviy ruhni ko‘rsatdilar.
G‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati