- 2024-02-13
- 2525
Yoshlar giyohvandlikka qarshi
"Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" oyligi doirasida "Yoshlar giyohvandlikka qarshi!" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Davra suhbati shaklida oʻtkazilgan muloqotda Ichki ishlar vazirligi xodimlari Axmadjon Matlyubov, Aziz Rahimov, viloyat IIB va Narkologiya dispanseri xodimlari mehmon sifatida ishtirok etib, giyohvandlik oxir-oqibat jinoiy javobgarlikka olib kelishini, u insonning ruhiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotini buzib yuborishini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida talabalar mavzu doirasida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati