Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston va Slovakiya ijodiy jamoalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

  • 2025-11-01
  • 5853

Viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan tadbirda Slovakiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boreskiy ishtirokchilarni tabriklab, geografik masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, san’at xalqlarni yaqinlashtiruvchi kuch ekanini ta’kidladi.

Konsertda O‘zbekistonning “Bahor” hamda Slovakiyaning “Luchnitsa” ansambllari tomonidan milliy raqs va kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

Musiqiy kechada YUNESKO Bosh direktori Odri Azule, Slovakiya Respublikasi Prezidenti Peter Pellegrini, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. 

Shuningdek, mazkur tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi deputati, Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ham ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post