Poytaxtimizda tashkil etilayotgan "Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha II toifali mintaqaviy markaz" taqdimoti bo‘lib o‘tdi

  • 2025-11-05
  • 5730
Poytaxtimizda tashkil etilayotgan "Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha II toifali mintaqaviy markaz" taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizda tashkil etilayotgan "Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha II toifali mintaqaviy markaz" taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida “Mustahkam majburiyat va mintaqaviy hamkorlik orqali maktabgacha ta’limni rivojlantirish” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, YUNESKO Ta’lim bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari, Stefania Giannini, YUNESКOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda vazirlik mutasaddilari vakillari, xorijiy ekspertlar va Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi institut jamoasi ham ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’limda olib borilayotgan keng islohotlar, xalqaro tashkilotlar bilan bu borada olib borilayotgan hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.

🌐 Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy, inklyuziv va innovatsion muhit asosida tashkil etish yo‘lidagi tizimli ishlar tilga olindi. 

🔰 Shundan so‘ng, YUNESKO hamkorligida Toshkent shahrida tashkil etilayotgan "Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha II toifali mintaqaviy markaz"ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markaz O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi tashabbuslari va sa’y-harakatlarining mantiqiy davomi bo‘lib, mamlakatimiz va butun mintaqamiz uchun sohaga doir yangi imkoniyatlarni ochib berishi bilan ahamiyatlidir. 

➖ U shuningdek, xalqaro hamjamiyat uchun ochiq platforma, tajriba, innovatsiya va ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha katta maydon sanaladi.

⏰ Anjuman so‘nggida hamkor tashkilotlar tomonidan mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post