- 2025-11-06
- 5692
Samarqand davlat pedagogika institutida Qozon federal universiteti professori German Melixov Vladimirovich bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Samarqand davlat pedagogika institutida Qozon federal universiteti professori German Melixov Vladimirovich ishtirokida Milliy g‘oya va mafkura kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida birgalikda ilmiy loyihalar ishlab chiqish, xalqaro grantlarda ishtirok etish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalar tashkil etish, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, magistratura bosqichi talabalari uchun Qozon federal universitetida tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
