- 2025-11-06
- 5700
Shahzoda Negmatova ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi!
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularni ushbu yutuqlari bilan tabrikladi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va qo‘lga kiritilayotgan natijalar ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, rektor ilmiy faoliyatda izchillik, yangicha yondashuv va tashabbuskorlikni davom ettirish zarurligini qayd etib, ilmiy jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.













Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
