- 2024-02-15
- 1524
Yevroosiyo Milliy universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Qozog'iston Respublikasining L.N.Gumilov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti professor-o'qituvchilari o'rtasida zoom platformasi orqali uchrashuv bo'lib o'tdi.
Oʻzaro muloqot davomida ikki oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan, sport sohasida kadrlar tayyorlashda ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikrlar almashildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati