- 2025-12-13
- 5899
“4+2” dasturi doirasida amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati o‘rganildi
Institutda pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida dual ta’lim shaklidan keng foydalanilmoqda hamda haftalik o‘quv mashg‘ulotlarini “4+2” tartibida tashkil etish mexanizmi izchil takomillashtirilib kelinmoqda. Mazkur tartib asosida ta’lim dasturlariga 3–4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot joriy etilgan.
❗️ Bugungi kunda institut tomonidan Samarqand shahar va Samarqand tumanlaridagi 152 ta umumta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari bilan shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ushbu muassasalarda jami 3168 nafar talaba “4+2” dasturi doirasida amaliyot o‘tamoqda. Dual ta’limning mazkur shakli samaradorligini amaliyot negizida 870 nafar talabaning ish bilan ta’minlangani yaqqol tasdiqlab bermoqda.
Shu munosabat bilan institut ishchi guruhi “4+2” dasturi doirasida amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 55-, 39-, 64-, 12- va 6-umumta’lim maktablariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari maktablarda oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, amaliyot o‘tayotgan talabalar faoliyati bilan atroflicha tanishilib, ularning amaliyot rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Maktab tomonidan biriktirilgan mas’ul xodimlar ishtirokida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, amaliyot jarayoniga oid muhim masalalar muhokama qilindi.




Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
