- 2025-12-15
- 5492
Aniq va amaliy fanlar fakultetida “Ota-onalar forumi” bo‘lib o‘tdi
Aniq va amaliy fanlar fakultetida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” tashkil etildi. Tadbirda SamDPI rahbariyati vakillari, fakultet jamoasi hamda talabalarning ota-onalari qatnashdi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan mas’ullar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar asosida institutda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ota-onalarga atroflicha ma’lumotlar taqdim etdilar.
Xususan, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlarni joriy etish, talabalarni ijtimoiy va akademik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlar uchun ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Forum davomida talabalarning davomatini muntazam monitoring qilish, ularning darslardagi faolligi, fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda tarbiyaviy-ma’naviy yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan ota-onalarga muhim tushunchalar berildi. Bu jarayon “ta’lim muassasasi – talaba – ota-ona” o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida o‘qishda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan talabalarning ota-onalari institut rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.









Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
