Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildi

  • 2025-12-16
  • 5705
Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildi
Ijtimoiy fanlar fakultetida “Ota-onalar forumi” o‘tkazildi

Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar yig‘ilishi” tashkil etildi. Unda Samarqand davlat pedagogika instituti rahbariyati vakillari, fakultet jamoasi hamda ota-onalar qatnashdi.

Yig‘ilish davomida farzandlarining ta’limi va kelajagiga befarq bo‘lmay, ularni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi. Mutasaddilar tomonidan ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, zamonaviy o‘quv-uslubiy yondashuvlar, talabalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar hamda iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan ilmiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar davomatini nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va tarbiyaviy ishlar masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida namunali xulqi va a’lo o‘zlashtirishi bilan ajralib turgan talabalarning ota-onalariga “Tashakkurnoma”lar tantanali ravishda topshirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post