- 2024-02-29
- 2295
"Men kimman?" - hech shu savolni o'zingizga berib ko'rganmisiz?
Bugun institutda "Lider talabalar" to'garagining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda talabalarning kasb tanlash, kelajak uchun motivlari haqida suhbatlashildi.
Shuningdek, talabalarda liderlik xususiyatlarini shakllantirishga doir "Men kimman", "Ko'chma doska", "Davomiy qarsaklar" kabi metodlar orqali trening o'tkazilib, "Ona" nomli sahna ko'rinishi namoyish etildi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati