- 2026-01-26
- 5737
Tabiiy fanlar fakultetida ilmiy stajirovka va loyihalarni elektron tizimlar orqali taqdim etish tartibi muhokama qilindi
Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimi (internship.ilmiy.uz)” hamda “Davlat ilmiy dasturlari elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali loyihalarni taqdim etish tartibi” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda fakultet rahbariyati, kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning amaldagi tartib-qoidalari, elektron tizimlar orqali ariza topshirish bosqichlari, ilmiy loyihalarni tayyorlash, rasmiylashtirish hamda ularni davlat ilmiy dasturlari elektron platformalariga joylashtirish jarayonlari batafsil tushuntirib berildi.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
