STEAM laboratoriyasida 2026-yildagi ilk seminar-trening o‘tkazildi

  • 2026-02-02
  • 5700
STEAM laboratoriyasida 2026-yildagi ilk seminar-trening o‘tkazildi
STEAM laboratoriyasida 2026-yildagi ilk seminar-trening o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti STEAM laboratoriyasida “Fanlararo STEAM ta’limi: mentorlar uchun zamonaviy tayyorlov kursi” doirasida 2026-yildagi ilk seminar-trening o‘tkazildi. Seminar mentorlar Gulchehra Fayzullayeva va Feruza Xamrayevalar tomonidan olib borilib, “Blum taksonomiyasi ustida ishlash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Trening jarayonida Blum taksonomiyasining yaratilishi, ahamiyati hamda ta’lim maqsadlarini aniq, o‘lchanadigan va natijaga yo‘naltirilgan tarzda belgilashdagi o‘rni yoritildi. Amaliy mashg‘ulotlarda taksonomiya bosqichlari fe’llar asosida tahlil qilinib, o‘quv jarayonida natija va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar muhokama etildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan refleksiv savollar asosida ishlash olib borildi.
Seminar yakunida kurs ishtirokchilariga “Blum taksonomiyasi”ni kafedra professor-o‘qituvchilariga yetkazish hamda uni o‘quv jarayoniga uzluksiz joriy etish vazifasi yuklatildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post