Koordinatorlar hisoboti: natijalar va rejalar

  • 2026-02-02
  • 5694
Koordinatorlar hisoboti: natijalar va rejalar
Koordinatorlar hisoboti: natijalar va rejalar

Samarqand davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov institut Yoshlar ittifoqi koordinatorlarining hisobotini tingladi.
Yig‘ilishda koordinatorlarning bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari, tashkiliy va ijtimoiy faoliyati tahlil qilindi. Shu bilan birga, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Muloqot davomida koordinatorlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post