Milliy ta’lim va xalqaro tajriba: pedagogik ta’limda nimalar o‘zgaradi?

  • 2026-02-04
  • 5515
Milliy ta’lim va xalqaro tajriba: pedagogik ta’limda nimalar o‘zgaradi?
Milliy ta’lim va xalqaro tajriba: pedagogik ta’limda nimalar o‘zgaradi?

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutida pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari, transformatsiya jarayonlariga mas’ul prorektorlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida “Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatiga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-trening davomida oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro ta’lim dasturlarini keng joriy etish masalalari, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar, istiqboldagi ustuvor vazifalar, shuningdek, sohada mavjud dolzarb muammolar va ularning samarali yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ham ishtirok etdi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post