- 2026-02-05
- 5755
Ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, institut rektori turli toifaga mansub ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Jarayon davomida talabalar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, yashash xonalari, oshxona hamda yuvinish xonalari ko‘zdan kechirildi. “Yashil” toifadagi xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari talab darajasida ekani aytilib, bunday qulayliklar evaziga ulardan faqatgina bilim olish va o‘qishda yuqori natijalar bilan javob qaytarish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, “qizil” toifadagi xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash sharoitlari ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
