- 2026-02-05
- 5555
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotlarining akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Mazkur yig‘ilishda ta’lim jarayonini raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud holat hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinib, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’lim tizimini integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda Samarqand davlat pedagogika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Noryigit Musulmonov ishtirok etib, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’lim tizimini integratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi reja va vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.
