- 2026-02-05
- 5546
Ijara xonadonlarda yashovchi talabalar sharoiti o‘rganildi
Joriy yilning 12-yanvar kuni Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova rahbarligida o‘tkazilgan institut ishchi apparati yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida institut birinchi prorektori Boburjon Abdurazzoqov hamda rektor maslahatchisi Baxtiyor Rejabboyevlar ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Jarayon davomida talabalar bilan bevosita suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Xususan, yashash xonalari, oshxona va yuvinish xonalari ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar tahlil qilindi.


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
