- 2026-02-05
- 5987
SamDPIda “Fikrlar marafoni” tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga doir Davlat dasturi loyihasining keng jamoatchilik muhokamasi va targ‘ibotini tashkil etish maqsadida Media-reja tasdiqlandi.
Mazkur Media-rejaning 15-bandiga asosan talabalar o‘rtasida islohotlar dasturlari va Davlat dasturi loyihasi yuzasidan “Fikrlar marafoni” tashkil etildi. Tadbirda Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimi J. Otaqulov ishtirok etdi.
Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan marafonda talabalar Davlat dasturi loyihasi yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
