Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova raisligida transformatsiya jarayonlariga mas’ul prorektor va xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  • 2026-02-06
  • 5497

Mazkur yig‘ilishda rektor tomonidan 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab institutda Aniq fanlar maktabi tashkil etilishi, uning tarkibida “Matematika”, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, shuningdek “Sun’iy intellekt va robototexnika” yo‘nalishlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan har bir yo‘nalishga o‘z mutaxassisligi bilan bir qatorda ingliz tilini mukammal biladigan malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, yangi o‘quv yiliga puxta va tizimli tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda fan sillabuslarini zamonaviy talablar asosida ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Теги
Share This Post