- 2024-03-04
- 2622
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari chim ustida xokkey boʻyicha Markaziy Osiyo chempioni boʻldi
Andijonda oʻtkazilgan chempionatda Markaziy Osiyodagi deyarli barcha davlatlar: O'zbеkiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston mamlakatlarining jami 160 nafar sportchidan iborat 8 ta jamoasi ishtirok etdi.
Unda intitutimizning jismoniy madaniyat, sport va maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari Davlat Tolipov, Azamat Abbosxonovlar Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Axborot xizmati