- 2026-02-06
- 5706
Fuqarolar va talabalar murojaatlari doimiy e’tiborda
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova tomonidan har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar hamda talabalar qabuli doirasida bugun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda fuqarolar bilan bir qatorda institut rektorining rasmiy Telegram platformasidagi @samdpirektor_bot orqali murojaat yuborgan talabalar ham ishtirok etdi.
Qabul davomida murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar batafsil ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyatiga joyida ijobiy yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar esa belgilangan tartibda tegishli mas’ul bo‘limlar hamda mutaxassislarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan o‘tkazilgan qo‘shimcha o‘rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shu bois murojaatchiga institutning amaldagi tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
