Shahzoda Negmatova ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi

  • 2026-02-09
  • 5973
Shahzoda Negmatova ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi
Shahzoda Negmatova ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni tabrikladi

Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularni ushbu yuksak yutuqlari bilan tabrikladi.
Uchrashuv davomida institutda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, erishilayotgan natijalar hamda ularning ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Rektor o‘z so‘zida ilmiy faoliyatda izchillikni ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda tashabbuskorlikni yanada kuchaytirish muhim ekanini qayd etib, professor-o‘qituvchilarga kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tillar fakulteti xorijiy tillar kafedrasiga yangi tayinlangan kafedra mudiri Navro‘z Imomov jamoaga tanishtirilib, uning ilmiy-pedagogik salohiyati kafedra faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Samarqand davlat pedagogika instituti 
Axborot xizmati

Share This Post