- 2026-02-10
- 5962
Samarqand viloyati IIBda Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi o‘tkazildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bosh binosida so‘z mulkining sultoni, buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan “Buyuk davlat arbobi – ma’naviyatimiz gultoji” nomli ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Samarqand davlat pedagogika instituti tarix kafedrasi o‘qituvchisi Ulug‘bek Mavlyanov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.



Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
