- 2026-02-14
- 5495
“Zahiriddin Muhammad Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Shoir va sarkarda, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Samarqand shahar Serjantlar tayyorlash oliy maktabida “Z.M. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
Tadbirda adibning boy ijodi, xususan, Boburnoma asaridagi vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan nazm va nasr namunalar tahlil qilinib, tinglovchilarga taqdim etildi.





Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
