- 2026-02-16
- 5510
Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Yevropa kubogi chempionati sovrindori bo‘ldi!
Lyublyana shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli Yevropa kubogi musobaqasida Samarqand davlat pedagogika instituti talabasi Alisher Samanov -90 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi hamda Yevropa kubogi chempionati sovrindoriga aylandi.
Alisher Samanov hamda uning ustoz-murabbiylarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham yanada yuksak zafarlar tilaymiz!


Samarqand davlat pedagogika instituti
Axborot xizmati
