Объявления

  • 2025-10-11
  • 5842
  • Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
“Eng faol yil talabasi” tanloviga start berildi!
“Eng faol yil talabasi” tanloviga start berildi!

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” tanlovining navbatdagi mavsumi boshlandi!

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
a) Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
b) Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi
d) Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
e) Yilning eng faol sportchi talabasi
f) Yilning eng faol iqtidorli talabasi
g) Yilning eng faol ijodkor talabasi
h) Yilning eng faol tadbirkor talabasi

📁 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar yig‘ma jildlarini 2025-yil 15-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar Samarqand davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirishlari lozim.
⚠️ Kechiktirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

📚 Tanlovda institutning kunduzgi ta’lim shaklida, uzluksiz (akademik ta’tildasiz) o‘qiyotgan 2-3-4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov nizomi bilan tanishish uchun 👉 Yuklab olish (PDF)

Share This Post