Объявления

  • 2025-12-06
  • 5492
  • Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
9-dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan SamDPIda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi
9-dekabr – "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan SamDPIda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi

 

Ushbu tadbir davomida institut faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, sohada zamonaviy antikorrupsion mexanizmlarni joriy etish, ularning amaliy natijalari hamda institutning bu boradagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

Tadbirga institut jamoasi, faol talabalar, jamoatchilik vakillari hamda ushbu yo‘nalishga qiziquvchi barcha fuqarolar taklif etiladi!

📆 2025-yil 9-dekabr
⏰ 10:00 da
📍 SamDPI faollar zali

Share This Post