Объявления

  • 2025-12-19
  • 6896
  • Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
SAMDPIDA YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TANLOV E’LON QILINADI!
SAMDPIDA YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TANLOV E’LON QILINADI!

Yangi yil bayrami arafasida Samarqand davlat pedagogika institutida bayramona muhit yaratish, ijodkorlik va jamoaviy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi bezatilgan fakultet” hamda “Eng yaxshi bezatilgan bo‘lim” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur tanlovda barcha fakultetlar va bo‘limlar ishtirok etishlari lozim. Yangi yil ruhini aks ettiruvchi chiroyli, o‘ziga xos va ijodiy bezaklar tanlovning asosiy mezoni hisoblanadi.

🎉 Tanlov natijalari institutda o‘tkaziladigan Yangi yil bayramida e’lon qilinadi va nominatsiyalarda yuqori o‘rinlarni egallagan fakultet hamda bo‘limlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🎊 Barcha jamoalarni tanlovda faol ishtirok etib, Yangi yil shukuhini birgalikda yaratishga chorlaymiz! 🎊

Share This Post