- 2024-11-19
- 1549
- Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Rasul Shamsiyev 3-bosqich 327-328-329-guruh talabalariga “800-m yugurish texnikasini mustahkamlash” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 11:30 da o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi stadionida bo’lib o’tadi.
b) Tarix kafedrasi o'qituvchisi G’ulomjon Yaqubov tarix mutaxassisligi yo’nalishi 1-bosqich 109-guruh talabalariga "Tarixiy geografiya" fanidan "O'rta Osiyoning Chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi" mavzusida ochiq dars o'tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 23-noyabr kuni soat 8:30 da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti 5B, 20-3xonada o'tkaziladi.
c) Kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi Eldor Xusanov biologiya ta'lim yo‘nalishining 1-bosqich 115-guruh talabalariga "Umumiy kimyo va fizika" fanidan "Moddalarning erish haroratini aniqlash " mavzusida laboratoriya ochiq darsi bo'lib o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 20-noyabr kuni soat 19:00 da tabiiy fanlar fakulteti binosi, 204-xonada boshlanadi.
d) Boshlang’ich ta’lim kafedrasi assistenti Laylo Ernazarova boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 203-guruh talabalariga "Ona tili - o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi" fanidan ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil, 20-noyabr kuni soat 13:00 da maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti binosi 407-xonada bo’lib o’tadi.
e) Rus tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Munavvar Yoqubova o'zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 309-guruh talabalariga “Новокрестьянская поэзия. Творчество С.Есенина” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil20-noyabr kuni soat 10:00 da tillar fakulteti binosi, 301-xonada bo’lib o’tadi.
f) Boshlang'ich ta'lim kafedrasi asistenti Maysara Rasulova boshlang'ich ta'lim yo‘nalishining 2-bosqich 204-A (rus) guruh talabalariga "Texnologiya ta'limi va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Tugma qadash texnologiyasi" mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 25-noyabr kuni soat 16:00 da C binosi, 304-xonada boshlanadi.
g) Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchi Gulruh Burxonova musiqa ta’limi yo’nalishi 2-bosqich 204-guruh talabalariga “Solfedjio” fanidan “Minor tonalliklari. Garmonik va melodik minor. d-moll, g-moll, c-moll, f-moll, b-moll, es-moll” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg’ulot 2024-yil 22-noyabr kuni soat 13:00 da aniq va amaliy fanlar fakultetining, 118-xonasida bo’lib o’tadi.
h) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Zohid Xoldorov 1-bosqich 110-guruh talabalariga “Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Kuch qobiliyatini tarbiyalash” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti binosi, 101-xonada bo’lib o’tadi.
i) Psixologiya kafedrasi dotsenti (v.v.b.) Otabek Zaripov tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishining 1-bosqich 101-guruh talabalariga "Umumiy psixologiya" fanidan "Intellekt va kreativliki" mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 23-noyabr kuni soat 10:00 da 2-P bino, 207-xonada boshlanadi.
Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!