- 2024-11-21
- 6152
- Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti matematika kafedrasi o‘qituvchisi Dildora Qobilova matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 3-kurs 307-guruh talabalariga “Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan “Mulohazalar algebrasi funksiyalari. Bul algebrasi” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 da aniq va amaliy fanlar fakulteti, B bino 307-xonada boshlanadi.
b) Matematika kafedrasi o'qituvchisi Islomxon Mardiyev matematika ta’lim yo’nalishi 1-kurs kechki 101-guruh talabalariga “Analitik geometriya” fanidan “Vektorlar va ular ustida amallar” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 19:00 da aniq va amaliy fanlar fakulteti, B bino 407-xonada boshlanadi.
c) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi assistenti Sherzod Toshmurodov 1-bosqich 111-guruh talabalariga “Milliy va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” fanidan “Estafetali harakatli o‘yinlarni o‘rgatish” mavzusida ochiq amaliy dars o'tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti binosi, sport zalida bo’lib o’tadi.
d) Geografiya kafedrasi assistenti Iroda Orifjonova geografiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs, 109-110-guruh talabalariga “Iqlimshunoslik va gidrologiya” fanidan “Daryolarning loyqa oqiziqlari” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 da tabiiy fanlar fakulteti binosi, 111-xonasida boshlanadi.
e) Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi assistenti Furqat Rashidov tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs, 301- guruh talabalariga “Grafik tasvirlash asoslari va 3D modellashtirish” fanidan “Asoslari proeksiyalar tekisligida joylashgan ikki ko‘pyoqlikning o‘zaro kesishgan chizig‘ini aniqlash” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar fakulteti binosi, magistrantlar xonasida boshlanadi.
f) Kimyo kafedrasi assistenti Elyor Ergashev kimyo ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich 101-guruh talabalariga “Kimyo tarixi” fanidan “Robert Boyl va uning ishlari” mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 22-noyabr kuni soat 10:00 da tabiiy fanlar fakulteti binosi, 208-xonada boshlanadi.
g) Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi N.Vohidova o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi 4-bosqich 404,405,406-guruh talabalariga “Rus adabiy tili tarixi (История русского литературного языка)” fanidan “А.С.Пушкин - основоположник современного русского языка” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 25-noyabr kuni soat 13:00 da tillar fakulteti 5F binosi 210-xonada boshlanadi.
Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!