- 2024-11-22
- 2163
- Samarqand shahar Spitamen-shoh ko'chasi 166-uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti matematika kafedrasi o'qituvchisi Sur’atjon Po‘latov matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 3-kurs 302-guruh talabalariga “Algebra va sonlar nazariyasi” fanidan “Mulohazalar algebrasi funksiyalari. Bul algebrasi” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 23-noyabr kuni soat 11:30 da aniq va amaliy fanlar fakulteti, B bino 206-xonada boshlanadi.
b) Matematika kafedrasi o'qituvchisi Sanjar Umarov matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 3-kurs 303-guruh talabalariga “Matematika o’qitish metodikasi” fanidan “Taqribiy hisoblashlar. Sonlarni yaxlitlash. Sonning standart shakli. Standart shakldagi sonlar bilan amallar bajarish” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 23-noyabr kuni soat 08:30 da aniq va amaliy fanlar fakulteti, B bino 215-xonada boshlanadi.
c) Rus tili va adabiyot kafedrasi assistenti Farangiz Sultonmurodova 1- bosqich 107-guruh talabalariga «Имя прилагательное как часть речи» mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashgulot , 2024-yil 26- noyabr kuni soat 8:30 da A bino, 203- xonada bo’lib o’tadi.
d) Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti (v.v.b) Nodir Kayumov boshlang‘ich ta’lim (tojik tili) yo‘nalishi 1-bosqich 105-guruh talabalariga “Ona tili” fanidan “Таснифи мазмуни луғат аз рӯи шакл ва маъно” mavzusida namunaviy ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 25-noyabr sanasi 08:30 da A bino, 305-xonada boshlanadi.
e) O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Dilshoda Mardanova 3-bosqich 304-guruh talabalariga "Tog'ay Murod ijodida milliylikning o'ziga xos shaklda namoyon bo'lishi. Asarda sujet va kompozitsiya yaratishdagi novatorlik” mavzusida ochiq dars o’tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 23-noyabr kuni soat 10:00da Tillar fakulteti binosi, 105-xonada bo’lib o’tadi.
Barcha qiziquvchilar ochiq darslarga taklif etiladi!