- 2024-11-24
- 6216
- Samarqand Shahar Spitamen-Shoh Ko'chasi 166-Uy
Ochiq darslarga taklif etamiz!

a) O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlang'ich ta'lim kafedrasi dotsenti Gulbahor Rahimova boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 201-202-203-guruh talabalariga "Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi" fanidan "Uyushiq va ajratilgan boʻlaklar. Uyushiq boʻlaklar ta’rifi va tasnifi. Ajratilgan boʻlaklar ta’rifi va tasnifi. Uyushiq va ajratilgan boʻlaklarda tinish belgilari" mavzusida namunaviy ochiq dars o'tadi. Mashg'ulot 2024-yilning 25-noyabr kuni soat 13:00 da kollej binosi 307-xonada boshlanadi.
b) Biologiya kafedrasi assistenti Nargiza Turniyozova biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 344-guruh talabalariga “Biologiya o'qitish metodikasi” fanidan “O'simliklarni o'rganishda morfologik va anatomik tushunchalarni shakllantirish metodikasi" mavzusida ochiq dars o‘tadi. Mashg‘ulot, 2024-yil 25-noyabr kuni soat 17:30 da tabiiy fanlar fakulteti binosi 104-xonada boshlanadi.
c) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Gulxayo Xolboyeva 70112201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi yo’nalishi 1-bosqich 108-guruh magistrantlari bilan "Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish" fanidan "O'quv jarayonida hamda talabalarning o'quv ilmiy tadqiqotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish" mavzusida ochiq darsi bolib o’tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 25-noyabr kuni soat 16:00 oʻtkaziladi.
d) Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti Nasiba Xolmatova maktabgcha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy jismoniy tarbiya va sport ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 332-guruh talabalari bilan "Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi" fanidan "Profilaktik tibbiyot" mavzusida ochiq darsi bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulot 2024-yil 25-noyabr kuni soat 11:30 oʻtkaziladi.