- 2025-05-15
- 6242
- Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Yoshlar korrupsiyaga yo’q deydi!

Talabalarning korrupsiya holatlariga qarshi bilim va malakalarini oshirish, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy- ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlov oliy ta’lim muassasasi, hududiy (yoki mintaqaviy) saralash va respublika final bosqichlarida o‘tkaziladi. Tanlovning institut bosqichi 2025-yilning 19-may kuni soat 13:00da tillar fakulteti faollar zalida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida o‘tkaziladi.
Institut boshqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnoma hamda passport (nusxasi)ni taqdim etgandan keyin tanlovning hududiy (yoki mintaqaviy) saralash bosqichida ishtirok etadi.
Tanlovning institut bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Tanlovning respublika bosqichida eng yuqori ball to’plab, 1-2-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg’armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi tartibda:
1-o‘rin- 6 000 000 so‘m;
2-o‘rin- 5 000 000 so‘m;
3-o‘rin- 4 000 000 so‘m pul mukofotlari, diplom va statuetka bilan taqdirlanadi.
Esselar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi - 25 ball;
- mavzuga oid mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar – 25 ball;
- imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorat - 25 ball;
- amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan shaxsiy munosabatning va ular bo‘yicha xulosaviy fikrlarning mavjudligi hamda ularni ifoda etish mahorati - 25 ball.
Tanlovning respublika bosqichiga kelib tushgan barcha ijodiy ishlarning mualliflariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan elektron sertifikat beriladi.
Tanlov yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:
+998 94 913 72 32;
+998 95 826 82 18;