• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Центры и отделы

O'quv-uslubiy boshqarma

Улугмуродов Элмурод Бердимуродович

Электронная почта: uelmurod@gmail.com
Номер телефона +99891 299-89-99
Факс: +99891 299-89-99
Адрес: г. Самарканд, ул. Спитамена шох, 166
Дни приема: Понедельник–суббота с 8:00 до 16:00

Задачи

• o‘quv-uslubiy kengash raisining o‘rinbosari vazifasini bajarish;
• o‘quv-uslubiy bo’lim xodimlarining faoliyatini tashkil qilish, bo’lim xodimlariga o‘z vazifalarining ijrosi bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish va xizmat vazifalarini talab darajasida bajarilishini nazorat qilish;
• o‘quv-uslubiy bo’limning yillik ish rejasini tuzish;
• institut Ilmiy kengashi ishida ishtirok etish;
• o‘quv ishlariga doir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruq va ko‘rsatmalari, institut Ilmiy kengashi qarorlarini institut miqyosida joriy etish bo‘yicha rektor buyruq va farmoyishlari loyihasini tayyorlash;
• yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha fanlarning o‘quv-uslubiy adabiyotlar va malakali mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish ishlarini tashkil etish;
• institut Ilmiy kengashi, dekanlar yig‘ilishiga o‘quv ishlariga doir axborotlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
• o‘quv-uslubiy ishlarga doir rektor buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini fakultetlarda ijrosini nazorat qilish;
• yangi o‘quv yili o‘quv jarayonini tashkil qilish rejasini tuzish va uning ijrosi bo‘yicha fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtish;
• ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yillik ishchi o‘quv rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiq uchun tayyorlash;
• institut bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va mavjud shtat birliklari miqdori asosida professor-o‘qituvchilarning lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamalari me’yorini belgilash va tasdiqdan o‘tkazish;
• kafedra ish hajmining professor-o‘qituvchilarga taqsimlanish sifati ustidan nazorat o‘rnatish, bu bo‘yicha kafedra yig‘ilishi qarori asosida rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
• kafedralar o‘quv yuklamasi va shtat birliklari o‘rtasida muvofiqlik bo‘lishi chorasini ko‘rish, kafedraga shtat ajratish yoki shtatni qisqartirish haqida taklif berish;
• fakultetlar taklifi va o‘quv rejalari asosida institut o‘quv grafigini tuzish va bu bo‘yicha rektor buyrug‘i loyihasini tayyorlash;
• “professor-o‘qituvchilar va o‘quv jarayoni haqida talabalar fikrini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar tashkil qilish, fakultetlar tahlilini institut miqyosida umumlashtirib, xulosa chiqarish ishlarini amalga oshirish;
• YADA sinovlari va bitiruv malakaviy ish himoyalarining samarali tashkil etilishini ta’minlash. YADA jarayonida institut ma’muriyati nazoratini amalga oshirish;
• o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etish hamda nazorat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
• o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish va nazorat qilish ishlari bo‘yicha fakultet va kafedralar uchun uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash ishlarini tashkil qilish;
• o‘quv-uslubiy ishlarda o‘ziga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan yoki nuqsonlariga yo‘l qo‘yayotgan professor-o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlarni taqdirlash yoki jazo choralari ko‘rish haqida belgilangan tartibda taklif kiritish;
• vazirlik va boshqa yuqori tashkilotlarga rektor (yoki o‘quv ishlari prorektori) ko‘rsatmasiga asosan so‘ralgan ma’lumotni tayyorlash;
• o‘quv jarayoniga oid me’yoriy va ishchi hujjatlarni tahlil qilib borish va takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritish; bu bo‘yicha fakultetlar takliflarini umumlashtish;
• bo’lim xodimlarining malakasini va ish unumini oshirish choralarini belgilash, bo’lim faoliyatini takomillashtirish choralarini ko‘rish;
• bo’lim Web–saytini takomillashtirish va tegishli ma’lumotlarning vaqtida kiritib borilishini ta’minlash;
• bo’lim tarkibini tajribali, ishga ijodiy yondasha oladigan, qat’iyatli va adolatli xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish;
• fakultetlarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha yillik hisobotlarni umumlashtirish;
• bo’lim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalarning mehnat va o‘quv intizomlari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil qilish;
• o‘quv ishlari bo‘yicha murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish choralarini ko‘rish;
• o‘quv ishlari bo‘yicha muammoli vaziyatlarni, tushunmovchiliklarni tahlil qilish va belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini ko‘rish;
•  dekanat va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha faoliyatini tahlil qilib borishni tashkil etish;
• Qayd etilgan kamchiliklarning kafedra va dekanatlar tomonidan tuzatilishini nazoratga olish, ularga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish.