Менеджер кафедры
Рахимов Насриддин Номозович
Подробнее
Kafedra mudirining lavozim vazifalari:
- Oʻzining xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarish;
- Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonunga muvofiq boʻlgan farmoyishlari va koʻrsatmalarini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;
- Muassasaning mol-mulkiga avaylab munosabatda boʻlish va undan oqilona foydalanish;
- Muassasa jamoasining aʼzolari va ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar
bilan xushfeʼl munosabatda boʻlish, kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- Muassasa miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar muhokamasi va hal etilishida ishtirok etish;
- Kafedra ish rejasi, professor-oʻqituvchi va xodimlarining shaxsiy ish rejalari hamda kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
- Kafedra pedagog xodimlariga oʻquv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- Kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini taʼminlash, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, shuningdek, intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida OTM rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
- O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti(O‘zFinPI)ning tegishli xizmat boʻlinmalaridan oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni taʼminlashni talab etish;
- Belgilangan tartib va muddatlarda oʻquv yilidagi faoliyati boʻyicha kafedra hisobotini tayyorlash, Ilmiy kengash majlislarida hisobot berish;
- Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini taʼlim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlash;
- Kafedra oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi oʻquv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini koʻrib chiqish, tajribali oʻqituvchilar faoliyatini oʻrganish, umumlashtirish, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishni boshlagan yosh oʻqituvchilarga pedagogik malaka va koʻnikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, oʻquv mashgʻulotlarida zamonaviy oʻquv-texnika vositalaridan, yakka tartibda oʻqitish va mustaqil taʼlim olish uslublaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, oʻqitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus oʻquv auditoriyalarda tashkil qilish boʻyicha takliflar kiritish, masofali oʻqitish elementlarini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish;
- Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh
ixtisosliklar boʻyicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini ilmiy seminarlarda
muhokama qilish, taʼlim hujjatlarining meʼyor talablariga javob berishini belgilash
boʻyicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
- Bitiruvchilarni ishga taqsimlash, bitiruv-malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasining mavzularini shakllantirish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb
etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy yordam koʻrsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xoʻjaliklar bilan aloqa oʻrnatish;
- O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti (OTMlar) va mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
- Kafedra ixtisosligi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazish, taʼlim xizmati koʻrsatish tizimini rivojlantirish;
- Talabalarning qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda turli mavzular, yoʻnalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilish, talabalarni darsdan boʻsh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
- O‘zFinPI ning axborot-resurs markazini kafedra taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi oʻquv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz toʻldirib borilishini va yangilanishini doimiy nazorat qilish;
- Oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan oʻquv rejalardagi fanlar boʻyicha belgilangan mashgʻulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy, uslubiy va kasbiy darajada oʻtkazish, taʼlim sifatini taʼminlash;
- Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- Talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
- Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
- Kafedra fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan oʻquv
dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- Darslik, oʻquv, uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, oʻquv qoʻllanma va oʻquv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda o‘quv-adabiyotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- Kafedra yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha DTS (TTS), oʻquv rejalari va dasturlarining rivojlangan xorijiy mamlakatlar taʼlim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Isteʼdod” jamgʻarmasi va davlat grantlari tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrish;
- Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa boʻlib bajarishga oʻrgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shartsharoitlarni yaratish;
- Mehnat qonunchiligida belgilangan boshqa majburiyatlar va huquqlardan foydalanish.
Bilishi kerak:
Kafedra faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruqlari, O‘zFinPI rektori buyruqlarining mohiyati, O‘zFinPI ning yillik va istiqboldagi rejalari.
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur.
Yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
1972-yil 15-oktabr kuni Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan
1994-yilda – Samarqand davlat universitetini tamomlagan
lmiy darajasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mehnat faoliyati:
1994-2006-yillar – Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 38-umumta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi
2006-2020-yillar – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyi (2017-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga aylantirilgan) matematika fani o‘qituvchisi
2020-2021-yillar – Samarqand davlat universiteti Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi assistenti
2021-2023-yillar – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi mudiri
2023-2024-yillar – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi
2024-yil – h.v. – O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Matematika kafedrasi mudiri
# | Название | Степень | Дата публикации | Загрузить |
---|