• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Кафедра руского языка и литературы

Rus tili va adabiyoti kafedrasi.
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi 2021-yil 30 iyun sanasida tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar dotsent, 2 nafar filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 6 nafar kata o‘qituvchi va 18 nafar assistent-o’qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra  Finlandiyaning Turku universiteti, Rossiyaning Kazan Federal Universiteti, Nejegorod davlat pedagogika univarsiteti, Shimoliy Federal universiteti, Janubiy Federal universiteti kabi oliy ta’lim muassalari va professor-o’qituvchilari bilan keng qamrovli hamorlik qilib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha 03-RA 1-311-sonli topshirig’iga asosan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 13-17 may kunlari Respublika oliy ta’lim muassasalarining 16 nafar professor-o‘qituvchilari Kazan (Volga bo’yi) federal  universitetida malaka oshirishga yuborildi. Malaka oshirish kursida kafedra o‘qituvchisi Sharipova Mu’tabarjon Kamolovna ham pedagogik sinflar tashkil qilish bo‘yicha Kazan tajribasini o'rganishda ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4884-son qarori 3-bandida Finlandiyaning taʼlim sohasidagi tajribasini, shu jumladan oʻquv dasturlari, darsliklari, oʻqitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda oʻrganib chiqish ko‘rsatib o‘tilgan. Finlandiya ta’lim tizimini o‘rganish va tatbiq etish bo‘yicha Xalqaro Nordik universiteti tajribasi asosida 2024-yil may oyida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida navbatdagi Finlandiya va Shvetsiyaga taʼlimiy xizmat safari tashkil etildi. Ushbu  malaka oshirish kursida kafedra katta o’qituvchisi Z.Ch.Radjabova faol qatnashdi.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 40 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan, shular qatorida 3 ta monografiya, 200 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan.
Kafedrada 2ta to’garak mavjud:
-«Лингивисты»
-«Изящная словесность»
Bakalavr yo’nalishi bo’yicha kafedrada o’qitiladigan fanlar:
«Введение в специальность», «Пропедевтический курс русского языка», «История русского языка», «Современный русский язык», «Практикум русского языка», «Основы колористики в узбекском и русском языках», «Методика преподавания русского языка», «Инновационные педагогические технологии в преподавании русского языка и литературы», а также «История русской литературы», «Пропедевтический курс литературы», «Анализ художественного текста», «Практикум выразительного чтения», «Пропедевтический курс зарубежной литературы», «История мировой литературы», «Методика преподавания литературы».
Kafedra professor-o’qituvchilarining tarkibi:
Mavlyanova Tamilla Baxrillayevna- Kafedra mudiri. filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Polikarpov Aleksandr Mixaylovich – professor, filologiya fanlar doktori,”Интерактивное переводоведение приарктического пространства” ilmiy markaz direktori
Dmitrova Anna Vladimirovna – dotsent, filologiya fanlari nomzodi
Polikarpova Elena Vakifovna - dotsent, filologiya fanlari nomzodi
Rabbanaqulov Hikmatillo- dotsent, filologiya fanlari nomzodi
Shular qatorida kafedra katta o’qituvchilari Voxidova Nigora Abduzugurovna, Usmanova Svetlana Nematovna, Rajabova Zamira Chingizovna, Sattorova Sevara Olimovna, Tuychiyeva Dilafruz Rahmatovna, Yusupova Sohila Sayfiyevna, hamda assistant – o’qituvchilar  Kurbaniyazova Dinara Saparbayevna, Burxanova Gulrux Sadriddinovna, Bekmirzayeva Lola Raxmatullayevna, Sharipova Mu'tabarjon Kamolovna ,Nurmuxamedova Maftuna Ulugbekovna, Nurmuxamedova Mohira Uralovna, Kudratova Gulrux Izzatullaevna, Xoliqulova Yulduz Shodiyevna, Sultonova Zulxumor Sabatullayevna, Ochilova Nasiba Nematovna, Sultanmurodova Farangiz Akramovna, Djurayeva Faraxbonu  Ismatullayevna, Bender Regina Suxrobovna, Abruyeva Gulnoz Zafarovna, Urunova Feruza Xaydarovna, Shodiyeva Matluba Soliyevna, Gulyamova Fotima Mexriddinovna, Yakuubova Munavvar Ismoil qizi, Baxriyeva Sabina Sabirjanovna.