• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Кафедра узбекского языка и литературы

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o’zbek tili va kafedrasi 2022-yil 4-avgust sanada tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 4 nafar professor, 5 nafar dotsent, 2 nafar falsafa doktori (PhD) faoliyat olib bormoqda. Kafedra hozirgi Finlandiyaning Turku universiteti, Turkiyaning Istanbul universiteti va Mugla Sitki Kochman universitetlari bilan, Rossiyaning Qozon Federal universiteti bilan, Qozog’istonning Ahmad Yassaviy Xalqaro universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kungacha mutaxassislik fanlari bo’yicha 30 da ortiq qadar darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shu bilan birga 20 dan ortiq monografiya, 50 ga yaqin ilmiy ommabop maqola, 10 dan ziyod ilmiy to‘plam, 300 ga yaqin ilmiy maqola va 80 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.

Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish hamda xorij tajribasini ta’lim tizimida joriy qilish maqsadida “Yog’du” to’garagi tashkil etilgan. Ushbu to’garakning 60 dan ziyod a’zolari mavjud bo’lib, to’garakning asosiy maqsadi iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlarini, startap loyihalarni qo’llab-quvvatlash, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirish va olimpiadalarga tayyorlashdan iborat.

Kafedra o‘qitiladigan fan dasturlari:

Bakalavr:

  1. Tilshunoslik asoslari
  2. Adabiyotshunoslik  asoslari
  3. O‘zbek folklori
  4. Ifodali o‘qish  va nutq madaniyati
  5. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
  6. O‘zbek adabiyoti
  7. Jahon adabiyoti
  8. O'zbek dialektologiyasi
  9. Eski o’zbek yozuvi
  10. Turk tili va adabiyoti
  11. Ona tilini o'qitish metodikasi
  12. O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi
  13. Sotsiolingvistika
  14. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi
  15. Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

Magistratura:

  1. Mumtoz tarixiy poetika
  2. Amaliy tilshunoslik
  3. Oliy filologik ta’lim  
  4. Filologik ta’limda pragmatik yondoshuvlar 
  5. Filologik ta’limda baholash nazariyasi va amaliyoti    
  6. Mumtoz tarixiy poetika
  7. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi
  8. Lingvodidaktika asoslari
  9. Filologik ta’limda menejment

Kafedrada asosiy shtatda faoliyat olib boradigan professor-o‘qituvchilarining tarkibi:

  1. Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich  – filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD) kafedra mudiri
  2. Normo’minov Sherzod To’ychiyevich – filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  3. Usarova Laylo Ibragimovna – filologiya fanlari bo’yicha fan nomzodi, dotsent
  4. Yuldosheva Saodat Azizovna – filologiya fanlari bo’yicha fan nomzodi, dotsent
  5. Anorqulova Ozoda Nizomjon qizi – filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
  6. Bo’riyeva Feruza Normurodovna – filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) katta o’qituvchi
  7. Pardayev Sirojiddin Shokir o’g’li – asistent o’qituvchi
  8. Hasanov Husniddin Kamol o’g’li – asistent o’qituvchi
  9. Erbo’tayeva Shalola Utkirovna – asistent o’qituvchi
  10. Imomqulova Gulchehra Norboboyevna – asistent o’qituvchi
  11.  Yusupov Sardor Shodi o’g’li – asistent o’qituvchi
  12. Mardanova Dilshoda Sadriddin  qizi – asistent o’qituvchi
  13. Sharipova Sunbula Ahad qizi – asistent o’qituvchi
  14. Nazarova Xilola Gulomjonovna – asistent o’qituvchi
  15. Shukurova Amira Abduxakimovna – asistent o’qituvchi