• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

История

KAFEDRI TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risi”dagi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Xorijiy tillar va gumanitar fanlar fakultetida O‘zbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasiga ham asos solindi.

Kafedraning birinchi mudiri Kafedraning birinchi mudiri falsafa fanlari doktori professor J.Ya.Yaxshilikov bo’lgan.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashkil etilganda asosiy shtatda 30 nafar professor-o‘qituvchi, o‘rindoshlik asosida esa 22 nafar professor-o‘qituvchi   faoliyat olib borgan. Kafedrada 2023-2024 yillarda 2 nafar professor,
2 nafar dotsent, 3 nafar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar assistentlar faoliyat olib borgan.
 

Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasinig bo‘linishi natijasida, Tarix kafedrasi nomi bilan 2024 yil 4 – sentyabrdan yangi tashkil etildi.

Tarix kafedrasi boʻyicha 2024/2025-o‘quv yilida 18 ta asosiy shtat birligi bo'lib, ulardan 2 nafar fan nomzodi, 2 nafar dotsent, 14 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritmoqda. 2024/2025 - oʻquv yilida “Tarix” kafedrasi “Oʻzbekiston tarixi – oʻzbek xalqi ma'naviyatining asosi, yurtimiz bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, avlod-ajdodlarimiz va mamlakatimiz tarixi” mavzusi boʻyicha  ilmiy izlanish olib boradi.

Kafedra mudiri vazifasida 2024 yil 2 oktyabrdan falsafa doktori (PhD) Y.Yu.Isomiddinov faoliyat olib bormoqda.

Kafedra a’zolari institutning jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Kafedra a’zosi kafedra katta o‘qituvchisi Sattorova Ibodar G‘afforovna  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, kafedra assistenti Saipov Ulug‘bek Zufarovich  filologiya fakultetining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Normuminov Ramziddin Xayitovich maktabgacha va boshlang’ich ta’limi o’quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. Institut, viloyat va shahar miqyosidagi siyosiy tadbirlarda ham kafedra a’zolari faol qatnashmoqda.

Kafedraning professor o‘qituvchilari 60111100-Tarix yo‘nalishi kunduzgi sirtqi va kechki ta’lim shaklida ta‘lim olayotgan talabalarga barcha fanlardan darslar o’tib kelishmoqda. 

Kafedrada magistratura yo‘nalishi mavjud: 

70111101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi yo’nalishlari.

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) yo’nalishida
1-2 bosqichda 14 nafar magistrant tahsil olmoqda.