• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Физическая культура и спорт

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tarixi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 iyundagi №408 Qaroriga asosan Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etildi. Institut tarkibida 15 ta kafedra shakllantirildi. Shular qatorida: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi ham tashkil etildi. Kafedra tarkibida bakalavr bosqichi uchun 3 ta “Jismoniy madaniyat”, “Sport faoliyati”, “Maktabgacha va boshlang’ch ta’limda jismoniy tarbiya va sport”  yo‘nalishlari, magistaratura bosqichi uchun 1 ta Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi yo‘nalishlari mavjud edi. 2021-yil 6-avgustdan Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil etilishi munosabati bilan Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tashkil topdi. Fakultetga prof. B.T.Haydarov dekan etib tayinlandi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Tabiiy fanlar kafedrasi va Aniq - tabiiy fanlar fakulteti tarkibida faoliyat olib bordi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida 2021-yil  10-avgustdan prof. J.Eshnazarov  ishlab keldi.

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining Ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra (Bayonnoma 2, 2024 yil 7-sentabr) Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi va Sport turlarini o‘qitish metodikasi qo‘shilgandan so‘ng Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri lavozimiga Pfn.professor Xaydarov Baxtiyor Tojiyevich tayinlandi

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasida asosiy shtat birlik bilan ishlaydigan professor-o‘qituvchilar 37 nafarni tashkil etib, shundan 2 nafar professor 4 nafar dotsent, qolgan 1 nafar kata o‘qituvchi 30 nafari assistent hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kafedra bo‘yicha ilmiy salohiyat 16 foizga teng.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 dona darslik 20 dona o‘quv qo‘llanma, 8 dona monografiya,  4 dona o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 300 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan.

Kafedra huzurida “Fan sportga va sog’lom hayot sari” nomli ilmiy to‘garak faoliyat yuritib kelmoqda.

To'liq ma'lumot (Yuklab olish PDF)