• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Начальное образование

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tarixi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 2024-yil 7-sentabrda institut kengashining 9-son qarori bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda jami 34 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bulardan 5 nafari dotsent, 4 nafari fan doktori (PhD), 4 nafari esa fan nomzodi bo‘lib, ualr ham qizg’in faoliyat olib borishmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda 6 tadan ortiq monografiya, 10 taga yaqin ilmiy-ommabop risola, 10 tadan ziyod ilmiy to‘plam, 500 taga yaqin ilmiy maqola va 100 tadan ortiq ilmiy- ommabop maqolalar nashr etilgan.

Kafedra huzuridagi ilmiy to’garaklar soni 11 ta bo‘lib bular:

“Ulug‘bek izdoshlari”- To‘garakda  institut ijodiy hayotida faol  ishtirok  etadigan, ijod bilan doimiy shug‘ullanadigan, she’r, hikoya, qissa, maqola kabi ijodiy ishlarni mashq qilib yuradigan, yoki o‘zida ijodiy salohiyatni oshirishni xohlaydigan talaba yoshlar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 34 ta talaba ishtirok etishmoqda.

“KITOB GULSHANI”- To‘garakda kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan, adabiyotga qiziqadigan boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari hamda fakultetning  boshqa yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar  qatnashishadi. To‘garakda hozirgi kunda 22 ta talaba ishtirok etishmoqda.

Kiyimlarni loyihalash va tikish -To‘garakda  institutdagi tikish-bichishga oz bo’lsada qiziqishi, harakati bor, o’z ustida ishlaydigan, mustaqil izlanadigan yoki o‘zida tikish-bichishga, loyihalashga bo’lgan bilimini yanada mustahkamlab oshirishni xohlaydigan talaba-yoshlar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 20 ta talaba ishtirok etishmoqda.

“Jonajon tilim”-To‘garakda  institut ilmiy hayotida faol  ishtirok  etadigan, boshlang‘ich ta’limda dars berish ishtiyoqida  bo‘lgan,  kelgusida mahoratli pedagog bo‘lishni xohlaydigan, Ona tili-o`qitish savodxonligi va uni o`qitish metodikasi darslari amaliyoti va metodikasiga doir  bilim va malakalarni   o‘rganishni  orzu qilgan talabalar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 15 ta talaba ishtirok etishmoqda.

“Metodika saboqlari”- To`garakda boshlang‘ich ta’limda dars berish ishtiyoqida  bo‘lgan,  kelgusida mahoratli pedagog bo‘lishni xohlaydigan, ona tili va o‘qish savodxonligi darslari amaliyoti va metodikasiga doir  bilim va malakalarni   o‘rganishni  orzu qilgan talabalar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 20 ta talaba ishtirok etishmoqda.

“Qiziqarli ona tili”-To‘garakda ona tili faniga qiziqqan boshlang‘ich ta’lim talabalari hamda fakultetning  boshqa yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar  ham qatnashishmoqda. To‘garakda hozirgi kunda 20 ta talaba ishtirok etishmoqda.

Kichik tadqiqotchi- To‘garakda ona tili faniga qiziqqan boshlang‘ich ta’lim talabalari hamda fakultetning  boshqa yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar  ham qatnashishmoqda. To‘garakda hozirgi kunda 56 ta bakalavr va magistrant talaba ishtirok etishmoqda.

“Husnixat”-to‘garagi 20 ta talabani qamrab olgan bo‘lib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari husnixatining yaxshilanishiga hamda harflarning elementlarini o‘quvchilarga o‘rgatishga xizmat qiladi. To‘garak oyda bir marotaba tashkil qilinib, unda talabalar harflar va ularning yozilish qonun-qoidalari bilan shug‘ullanadilar.

“Yosh matematik metodistlar”-To‘garakda  institut ilmiy hayotida faol  ishtirok  etadigan, boshlang‘ich ta’limda dars berish ishtiyoqida  bo‘lgan,  kelgusida mahoratli pedagog bo‘lishni xohlaydigan, matematika va uni o‘qitish metodikasi darslari amaliyoti va metodikasiga doir  bilim va malakalarni   o‘rganishni  orzu qilgan talabalar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 15 ta talaba ishtirok etishmoqda.

Гулҳои умед-To‘garakda  institut ijodiy hayotida faol  ishtirok  etadigan, ijod bilan doimiy shug‘ullanadigan, she’r, hikoya, qissa, maqola kabi ijodiy ishlarni mashq qilib yuradigan, yoki o‘zida ijodiy salohiyatni oshirishni xohlaydigan talaba yoshlar  ishtirok  etadilar. To‘garakda hozirgi kunda 38 ta talaba ishtirok etishmoqda.

“Yosh qalamkashlar”-to‘garagi 33 ta talabani qamrab olgan bo‘lib, fakultetdagi ijodkor talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy ishlarini tekshirish va talabaga to‘g‘ri yo‘nalish berishga xizmat qiladi. To‘garak oyda bir marotaba tashkil qilingan bo‘lib, ijod namunalarini nashrga berishda ham ko‘maklashadi.

Kafedra o‘qitiladigan fan dasturlari:

Bakalavr:

1-kurs (bakalavr) kunduzgi

  1. Ona tili
  2. Matematika va uni o'qitish metodikasi

2-kurs (bakalavr) Kunduzgi

  1. Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi
  2. Husnixat o'qitish texnologiyasi
  3. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
  4. Texnologiya ta'limi va uni o'qitish metodikasi
  5. Matematika va uni o'qitish metodikasi

2-kurs Sirtqi

  1. Mutaxassislikka kirish.
  2. Matematika va uni o'qitish metodikasi
  3. Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi
  4. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

3-kurs (bakalavr)

  1. Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi
  2. Boshlang'ich ta'limda imloviy va puktatsion savodxonlik
  3. O'qituvchi nutq madaniyati
  4. Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi.
  5. Matematika va uni o'qitish metodikasi
  6. Boshlang'ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish
  7. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar

3-kurs (bakalavr) kechki

  1. Ona tili-o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi
  2. Boshlang'ich ta'limda imloviy va puktatsion savodxonlik
  3. O‘qituvchi nutq madaniyati
  4. Matematika va uni o'qitish metodikasi
  5. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar
  6. Boshlang'ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish
  7. Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi.

​​​​​​​4-kurs (bakalavr) kunduzgi

  1. Ona tili va adabiyot
  2. Boshlang'ich sinflarda adabiy ta'lim metodikasi
  3. Boshlang'ich sinfda A.Navoiy asarlarini o'qitish metodikasi
  4. Boshlang'ich ta'limda matematik boshqotirmalarni innovatsion o'rgatish
  5. Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyasi
  6. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

4-kurs Sirtqi

  1. Ona tili va adabiyot
  2. Ona tili o'qitish metodikasi
  3. Boshlang'ich ta'limda didaktik asarlar orqali kitobxonlikni shakllantirish
  4. Boshlang'ich sinflarda "Ona tili" va "O'qish" darsliklari mazmuni
  5. Tanlav fan: Boshlang'ich sinf "Matematika" darsliklar mazmuni
  6. Matematika o'qitish metodikasi
  7. Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyasi

Magistr:

1-KURS. 70110401-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)

  1. Boshlang'ich ta'lim fanlari nazariyasi
  2. Oliy ta'lim menejmenti
  3. Boshlang'ich matematika kursida mantiq va algoritmlar
  4. Boshlang‘ich ta’limda ona tili va nutq savodxonligini o'qitishning texnologiyalar

​​​​​​​2-KURS. 70110401-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)

  1. Pedagogik kompetentlik
  2. Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi
  3. Qiziqarli matematika va olimpiada masalalari
  4. Ona tili o'qitish metodologiyasi
  5. Pedagogik ritorika
  6. Yasashga doir geometrik masalalar

Kafedra professor-o’qituvchilarining tarkibi: 

Asosiy shtatda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar

1

Shodiyev Faxriddin Teshayevich

dotsent, kafedra mudiri

2

Mardanov Eshim Murodovich

dotsent

3

Raximova Gulbahor Qarshibayevna

dotsent, f.n.

4

Xudayqulova Shahlo Mamaniyozovna

dotsent

5

Nuriddinova Maysara Ikramovna

dotsent

6

Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna

PhD, v.v.b.dotsent

7

Gadayev Oybek Yaxshiboyevich

PhD, katta o'qituvchi

8

Kayumov Nodir Nayimovich

PhD, katta o'qituvchi

9

Salimov Akram Hayitovich

katta o'qituvchi

10

Pardayev Asror Ikromovich

katta o'qituvchi

11

Nurillayev Samad Safarovich

katta o'qituvchi

12

Raximov Shahriyor Normurod o'g'li

assistent

13

Xushvaqtov Ali Ashurovich

assistent

14

Akramova Lola O'lmasovna

assistent

15

Eshqobilova Guldona Nafasovna

assistent

16

Mirsaidova Muborak Karimovna

assistent

17

Shavazova Nilufar Musayevna

assistent

18

O'rinboyev Zokir Mavlonovich

assistent

19

Omonillayeva Maxfuza Iliyos qizi

assistent

20

Sadullayeva Shohsanam Mashrabjonovna

assistent

21

Murodullayeva Dilsora Ilhom qizi

assistent

22

Mirsanova Mohira Husniddin qizi

assistent

23

Razakova Mashhura Kamaliddinovna

assistent

24

Xujamqulova Nafisa Ruziqulovna

assistent

25

Ermamatova Maftuna Ermamatovna

assistent

26

Tursunova Klara Nuriddinovna

assistent

27

Samandarova Shahnoza Ergashevna

assistent

28

Umirov Boboyor Baxtiyor o'g'li

assistent

29

Ernazarova Laylo Abdusaitovna

assistent

30

Xoliqova Matluba Mardon qizi

assistent

31

Abdullayeva Zarnigor Evadulla qizi

assistent

32

Rasulova Maysara Nabievna

assistent

33

Kim Dinara Vladislavovna

assistent

34

Olimov Shahobiddin Maribboy o‘g‘li

assistent ​​​​​​​