Объявления

  • 2025-07-19
  • 5416
  • Samarqand shahar Spitamen shoh ko'chasi 166-uy
Alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (koʻzi ojiz va koʻzi zaif koʻruvchi) abituriyentlar uchun imtihon sanasi e’lon qilindi.
Alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (koʻzi ojiz va koʻzi zaif koʻruvchi) abituriyentlar uchun imtihon sanasi e’lon qilindi.

Samarqand davlat pedagogika institutiga quyidagi ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha hujjat topshirgan ko‘zi ojiz va ko‘zi zaif ko‘ruvchi abituriyentlar uchun imtihon 2025-yil 22-iyul kuni, soat 09:00 da boʻlib oʻtadi:

▪️ Biologiya
▪️ Boshlang‘ich ta’lim
▪️ Geografiya
▪️ Jismoniy madaniyat
▪️ Maktabgacha ta’lim
▪️ Matematika
▪️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
▪️ Musiqa ta’limi
▪️ O‘zbek tili va adabiyoti
▪️ Psixologiya
▪️ Tarix
▪️ Texnologik ta’lim

📍 Manzil: Samarqand shahri, Spitamen-shoh koʻchasi, 166-uy. Institut bosh binosi, konferensiyalar zali.


Abituriyentlardan imtihon topshiriqlarini bajarishda zarur bo‘ladigan o‘quv qurollarini (Brayl yozuv qurilmasi va qogʻozi) o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (91) 299-89-99

Share This Post