Декан факультета
Нематжонова Юлдуз Откирджоновна
Подробнее
Fakultet dekani lavozim vazifalari:
Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taʼminlash, o‘quvuslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat taʼlim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini taʼminlash;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat.qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi taʼlim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini taʼminlash;
Fakultet Ilmiy Kengashini faoliyatini boshqarish; 127
Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Oliy taʼlim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
Turdosh oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha taʼlim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida “Markaz”, “Kurs” va sh.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini taʼminlash; ·Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish. Bilishi kerak: Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqboli rejalarini bilishi; Malaka talablari:
Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur
- 1994-yil, 24-sentabr kuni Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida tug'ilgan.
- 2013-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi
- 2019-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat yo'nalishi magistratura bosqichini tamomlagan.
-
Mehnat faoliyati
- 2013-2017 y.y. - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi
- 2016-2016 y.y. - Yaponiya davlatining Xokaido prefekturasi yuqori maktabida yapon tili va madaniyatini o'rganish bo'yicha amaliyotchi (davlat granti asosida)
- 2017-2017 y.y. – O'zbekiston “Adolat” Sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati ishlar boshqarmasi ish yurituvchisi
- 2017-2018 y.y. – Respublikasi Yoshlar Markazi Tashkiliy kadrlar masalalari va devonxona bo'limi mudiri
- 2017-2019 y.y. - Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat yo'nalishi magistranti
- 2019-2020 y.y. – “Sharof Rashidov” nomidagi Samarqand davlat universiteti asistenti
- 2020-2022 y.y. – Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
- 2022-2023 y.y. – Termiz davlat universiteti maqsadli tayanch doktoranti
- 2023-2024 y.y – O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Raqamli talim texnologiyalari markazida bo'lim boshlig'i
- 2024-h\v- O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta’lim fakulteti dekani
# | Название | Степень | Дата публикации | Загрузить |
---|