• Sayt test rejimida ishlamoqda !!!
  • Вход

Педагогика

KAFEDRA TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi “Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari tO‘g’risida”gi 408-sonli qarori asosida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tashkil qilindi. Institutda Pedagogika fakultetida Pedagogika kafedrasiga ham asos solindi. Dastlab kafedra mudiri sifatida p.f.n., dots.M.A.Fayziyev ish boshlagan. Hozirda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent E.A.Abdumannatov kafedra mudiri  sifatida faoliyat yuritmoqda.

“Pedagogika” kafedrasi bugungi kunda Qozon federal universitetining Psixologiya va pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi TDPUning “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika”, “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi”, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya”, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filialining “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini O‘rnatgan.

Bugungi kunda pedagogika kafedrasida asosiy shtatda 30 nafar, O‘rindoshlik asosida 7 nafar professor O‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Asosiy shtatdagi professor O‘qituvchilardan 1 nafari pedagogika fanlari doktori professor, 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi dotsent, 11 nafari pedagogika fanlari bO‘yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafar katta O‘qituvchi, 13 nafari assistent sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 43% ni tashkil qilib, 2025-yil dekabrgacha ilmiy salohiyatini 60%ga oshirish rejalashtirilgan.

Professor-O‘qituvchilar kafedraning bosh mavzusi “Xorijiy va mahalliy ilg’or tajribalar hamda texnologiyalardan foydalanib uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirish” mavzusi doirasida ilmiy va pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirilmoqda.

Kafedra a’zolari jamoat ishlarida ham faol qatnashmoqda. Professor N.Shodiyev PhD.03/30.01.2020.Ped.02/06 ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, dotsent E.A.Abdumannatov PhD. 03/30.01.2020.Ped.02/06 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash kotibi, dotsent M.Fayziyev ilmiy seminar a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada ilmiy maktab yaratilgan bO‘lib, professor N.Shodiyev rahbarligida 2 nafar tadqiqotchi fan doktori (DSc), 10 ga yaqin tadqiqotchilar fan nomzodi;

dotsent M.Fayziyev rahbarligida 4 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

dotsent D.Begmatova rahbarligida 1 nafar tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Kafedra faoliyati  o‘quv, o‘quv-uslubiy,  ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab olgan istiqbolli va joriy o‘quv yili bo‘yicha rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif etilishi mumkin.

Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning shaxsiy ish rejalari asosiy hujjat hisoblanib, u o‘z ichiga  o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, qamrab oladi.

Professor-o‘qituvchilarning belgilangan tartibda tanlovdan o‘tish, lavozimlarga tavsiya etish jaryonida ularning shaxsiy ish rejalarining bajarilish darajasi asosiy mezonlar hisoblanadi.

O‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan va ishlab chiqarishdan ajralmagan hollarda) oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

Professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish;

Yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning rivojlangan horijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish asosida takomillashtirish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;

Turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

O‘quv adabiyotlarini tayyorlash hamda o‘quv adabiyotlariga xulosalar berish; 

talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

Talabalar bilimini xolis va obyektiv baholanishini ta’minlash va nazorat qilish;

Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, shu jumladan, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, davlat stipendiyalari va boshqa xalqaro va respublika miqyosida turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash;

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini joriy etish, pedogogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh professor-o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish;

O‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishning zamonaviy usullari va vositalari bilan masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

Institut bitiruvchilari hamda maskur kafedrada mustaqil izlanuvchi, tayanch doktorant va doktorant bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;

Kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini taminlash;

Institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirilib borilishi va yangilanishini doimiy monitoring qilish;

Ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama etish;

Professor-o‘qituvchilarning tizimli ravishda respublika va xorijda malakasini oshirib borishini ta’minlash;

Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish;

Tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko‘maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

Kafedralar xususiyatidan kelib chiqib, kafedra mudiriga ta’limga oid qo‘shimcha ishlar oliy ta’lim muassasasi rektori yoki vazirlik tomonidan yuklatilishi mumkin.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2021-2024 yillarda:

– 5 ta dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilindi;

– 10 ta o‘quv qo‘llanma nashr etilgan;

– 16 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan;

–  OAK tasarrufidagi jurnallarda 400 ga yaqin maqolalar nashr etildi. Shundan 28 ta xalqaro ilmiy maqola;

Kafedra qoshida 3 ta to‘garak   faoliyat  yuritmoqda

– “Zamonaviy pedagoglar”(rahbar N.Mirzoyeva)

– “Pedagogik mahorat” (rahbar S.Xolboyeva)

– “Yosh pedagog” (rahbar M.Rahmonova)

Professor-o‘qituvchilar tarkibi: 

1

Abdumannotov Elbek Abdumajidovich

kafedra mudiri

2

Shodiyev Narziqul XXX

p.f.d.,professor

3

Fayziyev Mirzaali Asfandiyorovich

p.f.n.,dotsent

4

Zohidova Sanoat Raxmonovna

PhD, dotsent

5

Qosimova Ozoda Xudoynazarovna

PhD, dotsent

6

Sharipova Shaxnoza Xasanovna

PhD, kat o'qit

7

Raximov Asomiddin Anorboyevich

PhD, dotsent

8

Karshiyev Jahongir Abdiraimovich

PhD, kat o'qit

9

Raxmatova Fotima G'aniyevna

PhD, dotsent

10

Xodjayorova Bahora Akramovna

PhD, assis

11

Jumanov Sherzod Saloyevich

PhD, kat o'qit

12

Nuradinov Furqat Rashidovich

PhD, kat o'qit

13

Raxmonova Maxsuda Usmanovna

Katta o`qituvchi

14

Pardayeva Gulchehra Safarovna

Katta o`qituvchi

15

Usanov Sherzod Abduaxatovich

Katta o`qituvchi

16

Eshnazarova Gulzoda Juraqulovna

Katta o’qituvchi

17

Qulmurodova Sayyora Safarovna

assistent

18

Muratova Nafisa Baratovna

assistent

19

Radjabov Akmal Abduxolikovich

assistent

20

Tirkashev Nodir Ilxomovich

assistent

21

Xolboyeva Sitora Zohirovna

assistent

22

Mirzoyeva Nigora Shavkatjonovna

assistent

23

Nabiyeva Dilfuza Temirovna

assistent

24

Hayitova Farida Kuchkarovna

assistent

25

Mamadaminova Munisa Mahmudjon qizi

assistent

26

Normo'minova Gulhayo Shavkat qizi

assistent

27

Shukurova Nilufar Xaliyarovna

PhD, assist

28

Pirnazarova Shaxlo Boynazar qizi

assistent

29

Xamidova Diyora Jamshedovna

assistent

30

Berdiyorova Orzigul Qirjigit qizi

assistent