Kimyo kafedrasi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Kimyo kafedrasi 2023-yil 23-iyundagi institut kengashining 9-son qarori bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada jami 22 nafar professor o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Bulardan 17 nafari asosiy shtatda, ikki nafar ichki o‘rindoshlik, uch nafar tashqi o‘rindoshlik jumladan bir nafar xorijlik mutaxassislar talabalarga bilim va ko‘nikmalar berib bormoqda. Professor-o‘qituvchilarning 1 nafari professor, 4 nafari dotsent, 8 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlaridan iborat. Kafedra hozirgi kunda Rossiya federatsiyasining Kemirova davlat universiteti, Qozog‘iston respulikasining Atirau neft va gaz instituti, Turkiyaning Afyon kuchatepe universiteti kabi oliy ta’lim muassalari va professor-o’qituvchilari bilan keng qamrovli hamorlik qilib kelmoqda.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 60 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda 7 dan ortiq monografiya, 400 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan. Jumladan 2024 yilda 3ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta monografiya, Scopus bazasidagi jurnallarda 10 ta, xalqaro va respulika OAK bazasiga kiradigan jurnallarda 30ga yaqin maqolalar nashr etildi.
2024-yilda kafedra professor o‘qituvchilaridan ikki nafari E.S.Xusanov va I.A.Eliboyevlar falsafa doktori ilmiy ishlarini himoya qilib PhD ilmiy darajalariga ega bo‘lishdi.
Kafedrada 2 ta “Yosh kimyogar izlanuvchilar” va “Kimyoni o‘rganamiz” ilmiy to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib ularga 40 dan ortiq talabalar qatnashib kelmoqda. Iqtidorli talabalar o‘z ustozlari bilan olib borayotgan ilmiy tadqiqot mavzularidan xalqaro va respulika jurnallarida hamda ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 dan ortiq maqolalar chop ettirib kelmoqda.
Bakalavriatda o‘tiladigan fanlar:
“Mutaxassislikka kirish”, “Umumiy kimyo”, “Anorganik kimyo”, “Kimyoviy hisoblash”, “Noorganik kimyo”, “Аnalitik kimyo”, “Organik reaktsiyalar mexanizimi”, “Organik kimyo”, “Polimerlar kimyosi”, “Biorganik kimyo”, “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Kvant kimyo”, “Kimyoviy texnologiya”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Modda tuzilishi”, “Kimyoda kompyuter modellashtirish”, “Kimyo fanini o‘qitishda xalqaro baholash usullaridan foydalanish”, “Fizikaviy va kolloid kimyo”, “Nanokimyo” va nomutaxassis taʼlim yo‘nalishlari uchun “Kimyo” va “Umumiy kimyo”.
Magistraturada o‘tiladigan fanlar:
“Аnalizning fizik-kimyoviy metodlari”, “Eksperimen qo‘yish va natijalarni tahlil qilish metodlari”, “Koordinatsion birikmalar kimyosi”, “Аnorganik kimyoning nazariy asoslari”, “Kimyoda masalalar yechish metodikasi”, “Kimyoviy sintez”, “Organik kimyoning nazariy asoslari”, “Kimyoda fanlararo integratsiya” va b.
Kafedrada 60530100-Kimyo, 60510100-Biologiya, 60530500-Fizika va 60110800-Kimyo bakalavr hamda 70530104-Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (Kimyo, magistr) va 70110801-Aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (Kimyo, magistr) yo‘nalishi talabalariga ta’lim va tarbiya berib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining tarkibi:
J.Sh.Bobojonov – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.v.b.
G‘.Sh.Haydarov – texnika fanlari nomzodi, dotsent v.v.b.
O.A.Kuchkarov – kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E.S.Xusanov - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
I.A.Eliboyev - kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
M.A.Mamirzayev – assistent
M.U.Tilyabov – assistent
X.R.Kosimova – assistent
D.T.Isaqova – assistent
M.M.Xolmirzayev – assistent
B.Sh.Xudoyberdiyev – assistent
F.F.Erdanov – assistent
F.S.Tuxsanov – assistent
M.I.Ravshanov – assistent
E.Y.Ergashev – assistent
X.J.Arzimurodova – assistent
M.A.Tog‘ayeva – assistent
N.H.Musulmonov – texnika fanlari nomzodi, professor v.v.b.
N.Sh.Egamberdiyev – assistent
Q.O.Zohidov – kimyo fanlari nomzodi, dotsent
N.V.Ivanova – kimyo fanlari nomzodi, dotsent
J.N.Begimqulov – assistent