• Kirish

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maʼlumotlar

MEYORIY-HUQUQIY VA USLUBIY HUJJATLAR
TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISHNING AMALDAGI TARTIBI
(2022 yil 15-iyul holatiga):
   1. Amaldagi tartibga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish uchun arizalar my.dtm.uz (saytning “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo‘limi orqali) va mahalliy davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar transfer.edu.uz onlayn ariza topshirish axborot tizimlari orqali qabul qilinadi.
  O‘qishini ko‘chirish va tiklash jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil yetish to‘g‘risida”gi qarori” gi 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori (7-bandi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bilan amalga oshiriladi.
  “Normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
  Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovutlar bo‘lgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi”.
 
  2. Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
   talabadan alohida iqtidor talab yetiladigan taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
  test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
  o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
  test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda tegishli oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
  talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi.
 
   3. Talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirishda:
   talabadan alohida iqtidor talab yetiladigan taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
   test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
   o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
   test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi;
   O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;
 
   4. Talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasasining biridan boshqasiga ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
 
   5. Talabalar o‘qishini bir oliy taʼlim muassasasi doirasida bir taʼlim yo‘nalishidan boshqa taʼlim yo‘nalishiga ko‘chirish:
o‘qishni mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish yoki ko‘chirishni rad yetish o‘rnatilgan tartibda,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi asosida amalga oshiriladi.
talabalarning o‘qishini mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandi asosida amalga oshiriladi.
 
   6. Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida: sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi taʼlim shaklidagi mos va turdosh taʼlim yo‘nalishiga (sirtqi taʼlim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha
KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR
1-savol. O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda kimga qanday hujjatlar topshiriladi?
 Javob. Ariza qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (@eduuz, www.edu.uz) tomonidan eʼlon qilinadi va kuzgi semestr bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar (hamda uzrli sabablarga ko‘ra bahorgi semyestr bo‘yicha 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar) quyidagi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tiladi:
  - pasport nusxasi;
  - reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma yoxud  transkript nusxasi (bittasi bo‘lsa kifoya);
  - talabalar safidan chetlashtirish buyrug‘ida ko‘chirma yoki arxiv maʼlumotnoma (tiklash uchun)
  Arizada o‘qigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishi (mutaxassisligi), taʼlim shakli, maqsadli qabul bo‘yicha o‘qishga kirmaganligi, ko‘chirish (qayta tiklash) sabablari, ko‘chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi.
Oliy taʼlim muassasalarining boshqa taʼlim yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish yoki oliy taʼlim muassasasiga o‘qishni tiklash to‘g‘risidagi arizalar tegishliligi bo‘yicha quyidagi komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi:
  -Oliy taʼlim muassasasi komissiyasi;
  -OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi;
  -Davlat komissiyasi.
 
2-savol. Talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash bo‘yicha ruxsat berish  vakolati qaysi komissiyalarga tegishli?
  Javob. O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim yetish — har yili
15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi. Bu masalada 4 ta vaziyatli holat bo‘lishi mumkin. Har bir holatda qaror qabul qilish vakolati quyidagicha:
   BIRINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bir oliy taʼlim muassassi (OTM) doirasida bo‘lsa.
   1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, Oliy taʼlim muassasasi komissiyasi!
   2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
   IKKINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bitta vazirlik (idora) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo‘lsa.
  1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
   2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
 UCHINCHI VAZIYAT: O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash alohida (ikkita) vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo‘lsa.
   1-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lsa, OTM bo‘ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
    2-variant: Yo‘nalishlar mos va turdosh bo‘lmasa, Davlat komissiyasi!
 TO‘RTINCHI VAZIYAT: Xorijiy (akkreditatsiyaga ega bo‘lgan) oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirish.
   Variant: Yo‘nalishlar mos va turdoshligidan qatʼiy nazar, Davlat komissiyasi!
✅O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim yetiladi.
 
 
3-savol. O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklashda mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari deganda, nima tushunilmoqda?
  Javob. Taʼlim yo‘nalishlarining nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday taʼlim yo‘nalishlari mos deb hisoblanadi.
Oliy taʼlimning turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
      4-savol. Hududiy ishchi guruh deganda, qanday guruh tushunilmoqda?
  Javob. Respublikaning barcha hududlarida respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) to‘g‘risidagi arizalar qabul qiluvchi Hududiy ishchi guruhlar o‘z faoliyatini olib boradi.
Hududiy ishchi guruhlar har yili 15-iyungacha (yoki bahorgi semestr uchun 20-dekabrgacha) Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi buyrug‘i asosida tashkil yetiladi. Hududiy ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan masʼul OTMda hamda vazirlikda faoliyat yuritadi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim yetadi.
 
   5-savol. Qaysi kurs talabalariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi?
  Javob. Oliy taʼlim muassasalarda tahsil olayotgan barcha talabalarga, kursidan qatʼiy nazar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi. Biroq, agar namunaviy o‘quv rejadagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshsa, bu talabalarning o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizasiga oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan rad javobi berilishiga asos bo‘ladi.
 
   6-savol. Qanday holatlarda o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha murojaatga rad javobi berilishi mumkin?
Javob. Quyidagi holatlar fuqaroning o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos bo‘ladi:
-akkreditatsiyaga ega bo‘lmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida o‘qiganlarga;
-birinchi kursning birinchi semestri tugallanmagan holatda o‘qishni ko‘chirishga;
-o‘quv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda (muayyan kursga (semestrga));
-talabaning shaxsiy yig‘ma jildi belgilangan muddatlarda taqdim yetilmaganda;
-O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qigan taʼlim yo‘nalishiga turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirishga;
-to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya yetilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
-oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnik bazasining imkoniyati cheklanganda;
-xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qigan taʼlim yo‘nalishiga turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishiga;
-xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga;
-respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim shaklidan o‘zga (boshqa) taʼlim shaklida o‘qiganlarga;
-oliy taʼlim muassasalarining markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
-maqsadli qabul qilinganlar boshqa taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
-iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan va ish faoliyatiga mos taʼlim yo‘nalishlarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlar boshqa taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim shakliga, boshqa oliy taʼlim muassasasiga;
-bir taʼlim shaklidan maxsus sirtqi taʼlim shakliga hamda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga (maxsus sirtqi taʼlim shaklida o‘qigan taʼlim yo‘nalishi yoki tegishli kurs mavjud bo‘lmagan taqdirda maxsus sirtqi taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shaklining mos taʼlim yo‘nalishiga tiklash bundan mustasno);
-O‘zbekiston va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida tashkil yetilgan qo‘shma taʼlim dasturlaridan respublika oliy taʼlim muassasalarining umumiy tartibdagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga;
-qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
 
   7-savol. Nodavlat oliy taʼlim muassasasidan ham o‘qishni ko‘chirishga ruxsat yetiladimi?
  Javob. Respublika oliy taʼlim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha murojaat qilish uchun tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasining mulkchilik shakli bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari birdek o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirishga ruxsat beriladi. Faqatgina tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi o‘z davlatida oliy taʼlim muassasasi sifatida davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan bo‘lishi lozim.
 
  8-savol. Xorijiy oliy taʼlim muassasasidan o‘qishimni O‘zbekistonga ko‘chirsam bo‘ladimi?
   Javob. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar faqat mos va turdosh yo‘nalishlarga o‘qishini ko‘chira oladi. Ular Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Har yili 15-iyulgacha o‘tish bali belgilanadi. Agar o‘qishini ko‘chirayotgan talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plasa, bazaviy kontrakt asosida o‘qishini ko‘chira oladi. O‘tish balidan past ball to‘plaganlar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
 
9-savol. Xorijdan o‘qishni ko‘chirishda oilali bo‘lganlar uchun imtiyozlar bormi? Top-1000 talikka kirgan OTMlardan o‘qishini ko‘chirayotganlar-chi?
  Javob. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirishda oilali talabalarga imtiyozlar ko‘zda tutilmagan. Agar talaba xorijiy oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kirgandan so‘ng turmushga chiqqan bo‘lsa, ushbu talaba bahorgi semestr boshlanishidan oldin ham o‘qishini turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va imtihonlarda ishtirok yetishi mumkin.
Top-1000 talikka kirgan OTMlardan o‘qishini ko‘chirayotganlar ham Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi.
 
     10-savol. Men O‘zbekistondagi nodavlat oliy taʼlim muassasasida 1-kursni tamomladim. Men o‘qishimni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ko‘chirmoqchiman. Bu qanday tartibda bo‘ladi?
   Javob. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yo‘nalishlarga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar Davlat test markazi tomonidan test sinovidan o‘tkaziladi. Har yili 15-iyulgacha o‘tish bali belgilanadi. Agar o‘qishini ko‘chirayotgan talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plasa, bazaviy kontrakt asosida o‘qishini ko‘chira oladi. O‘tish balidan past ball to‘plaganlar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
 
      11-savol. Men Termiz davlat universitetidan o‘qishimni Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chira olamanmi?
 Javob. Talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy taʼlim muassasasining biridan boshqasiga ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Bunda hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida belgilanadi.
 
12-savol. Talabalar o‘qishini ko‘chirishda uzrli sabablar sifatida nimalar tan olinadi?
  Javob. Uzrli sabablarga quyidagilar kiradi, o‘quv yili mobaynida:
1. Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tishi.
2. Davlat organlarining xodimi sifatida turmush o‘rtog‘i yoki (voyaga yetmagan talabaning) ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Mana shu 2 ta holat uzrli sabablar yetib tan olinadi. Bundan boshqa har qanday holat uzrli sabab hisoblanmaydi.
 
   13-savol. Davlat oliy taʼlim muassasalariga fanlardan qarzi bor talaba o‘qishini ko‘chira oladimi?
 Javob. Faqatgina birinchi kursning birinchi semestridan qarzdor bo‘lgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi. Boshqa semestrdagi fandan qarzdor bo‘lgan talaba o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. O‘qishi ko‘chirilishi ruxsat yetilgan talabani kursini belgilashda umumkasbiy va mutaxassislik fanlari farqi solishtiriladi va bunda, talaba qarzdor bo‘lgan fan ham inobatga olinadi. Mazkur fanlar farqi 4 tadan ortiq bo‘lgan holatda talabaning o‘qishi muayyan kursga tavsiya yetilmaydi.
 
14-savol. Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan imtihonlarning o‘tish ballari qanday bo‘ladi?
 Javob. Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlarning o‘tish ballari tizimida oliy taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan har yili 15-iyul kuniga qadar o‘zlarining rasmiy saytlarida yeʼlon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalari uchun vazirlik rasmiy sahifalarini (@eduuz, www.edu.uz) kuzatib boring.
 
   15-savol. Xorijdagi oliy taʼlim muassasasi magistraturasiga o‘qishga kirsam va 1-kursdan keyin o‘qishimni O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasasi magistraturasiga ko‘chira olamanmi?
 Javob. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining magistraturasida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi.
 
  16-savol. Universitetning 1-kurs “Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” bakalavriat taʼlim yo‘nalishida o‘qiyman, o‘qishimni universitetning o‘zidagi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishiga ko‘chira olamanmi?
 “Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” taʼlim yo‘nalishiga turdosh hisoblanadi.
 a) o‘qishni mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish yoki ko‘chirishni rad yetish o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi asosida amalga oshiriladi.
Bunda:
    -taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchilar soni (qabul kvotalari) dan kelib chiqib hamda kadrlar buyurtmachilari yehtiyoj va talablarini bajarish maqsadida, shuningdek, universitet qabul komissiyasining bayonlari bilan qonunchilik doirasida belgilangan boshqa hollarda taʼlim yo‘nalishini o‘zgartirishga ruxsat yetilmasligi mumkin;
  -taʼlim shaklini o‘zgartirishga esa oliy taʼlim muassasasi moddiy-texnik bazasining imkoniyati (auditoriya sig‘imi) cheklanganligi, tahsil oluvchilar soni, jumladan, o‘quv guruhlari va talabalar sonidan kelib chiqib, shuningdek, o‘quv rejalaridagi farqlarga asosan o‘zlashtirilmagan fanlar (kreditlar) yuzaga kelishi sababli ruxsat yetilmasligi mumkin;
   -shuningdek, magistratura mutaxassisliklariga o‘qishni ko‘chirishga (Magistratura to‘g‘risida Nizom talablariga asosan) ruxsat yetilmaydi.
  b) talabalarning o‘qishini mos va turdosh bo‘lmagan taʼlim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandi asosida amalga oshiriladi.
 
      17-savol. Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) talabalar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash amalga oshiriladimi?
   Javob. O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim yetish —
20-dekabrdan 20-yanvarga qadar amalga oshiriladi.
Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) talabalar o‘qishini ko‘chirish oliy taʼlimning faqat mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha uzrli sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, uzrli sabablar deb quyidagilar tan olinadi, o‘quv yili mobaynida:
  ➖ respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (pasport bo‘yicha doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;
  ➖ turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;
 ➖ ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.
Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) talabalar o‘qishini ko‘chirish faqat mahalliy (davlat) oliy taʼlim muassasalaridan ko‘chirishga tegishli bo‘lib, xorijiy mamlakatlardagi oliy taʼlim tashkilotlaridan ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi (ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘i xorijdagi davlat xizmatidan qaytgandagi holat bundan mustasno).
❗️Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Arizalar qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi (@eduuz, www.edu.uz) tomonidan eʼlon qilinadi.
Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash jarayonlarida quyidagilar mumkin yemas:
👉 Bir oliygohning o‘zida boshqa turdosh yoki noturdosh yo‘nalishlarga o‘qishni ko‘chirish – yaʼni yo‘nalish almashtirish.
 
18-savol. Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasasidan ham o‘qishni ko‘chirishga ruxsat yetiladimi?
Javob. Qishda (bahorgi semestr bo‘yicha) talabalar o‘qishini ko‘chirish faqat mahalliy (davlat) oliy taʼlim muassasalaridan ko‘chirishga tegishli bo‘lib, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan ko‘chirishga ruxsat yetilmaydi (ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘i xorijdagi davlat xizmatidan qaytgandagi holat bundan mustasno).
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasasidan o‘qishni ko‘chirish faqatgina yozda (kuzgi semestr bo‘yicha) (arizalarni taqdim yetish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil yetish to‘g‘risida”gi qarori” gi 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida amalga oshiriladi.